PFK Qizilqum

Litsenziyalash bo`yicha barcha talablarni bajarganmiz.

PFK Qizilqum, 2018-yilda Super ligada ishtirok etish uchun litsenziyalash bo`yicha barcha talablarni bajargan. Ommaviy axborotlarda tarqalgan xabarlarda faqatgina OFK litsenziyalash tartiblari nazarda tutilgan. Haqiqatdan ham klubimiz, hujjatlarni vaqtida topshirish borasidagi kichik xatoliklar sabab OFK litsenziyalash tartibidan o`tolmadi. Lekin bu bizga O`zbekiston Super Ligasida ishtirok etishimizga halaqit bermaydi. Shuning uchun men muhlislarimizdan havotir olmasliklarini so`ragan bo`lardim. Biz kelasi yilga oldimizga jiddiy maqsadlar qo`yganmiz. Shu sababli tarkibda ham jiddiy o`zgarishlar qilyapmiz.

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan