Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi qismini Toshkentda olib borayotgan jamoamiz bugun o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galki raqib esa Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bo‘ldi.

✅ O‘rtoqlik uchrashuvida “Bunyodkor” ni mag‘lub etdik

Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi qismini Toshkentda olib borayotgan jamoamiz bugun o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galki raqib esa Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bo‘ldi. Qizg‘in va yuqori tempda o‘tgan bahsda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol esa jamoamizga yangi kelib qo‘shilgan Sanjar Shoahmedov nomiga yozildi. U uchrashuvning 63 daqiqasida raqiblar darvozabonining qo‘pol xatosidan keyin uchrashuvdagi yagona golni kiritgan edi. Keyinchalik ham ikkala jamoa vakillarida hisobni o‘zgartirish uchun vaziyatlar bo‘ldi ammo futbolchilar vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Shu bilan jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarligining uchinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Ertaga esa jamoamiz tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini davom ettirish uchun Turkiyaga uchib ketishadi. U yerda ham bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqiblar haqida ma'lumotlarni keyinchalik berib boramiz.

🤝| O‘rtoqlik uchrashuvi
🏟| ”Bunyodkor” stadioni zaxira maydoni - Toshkent

🔵 ”#Bunyodkor” 0:1 ”#Qizilqum” ⚪️

🔘 Gollar: Sanjar Shoahmedov 63’

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Dilshod Jo‘raev, Avazbek O‘lmasaliev, Sardor Xursandov, Davron Ergashev, Odil Abdurahmonov, Suhrob Izzatov, Rasul Yuldashev, Farhod Mirahmadov, Muzaffar Olimjonov, Usmonali Ismonaliev

Zaxiradan tushganlar: Zafar Safoev, Xurshid Ubaydullaev, Jahongir O‘rozov, Umarali Rahmonaliev, Mahmud Mahammadjonov, Umid Sultonov, G‘ayrat Azizxo‘jaev

"Qizilqum": Javoxir Ilyosov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Tolmasov, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev, Erkin Baydullaev, Aleksandar Stanislavlevich, Sherali Jo‘raev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov

Zaxiradan tushganlar: Ignatiy Nesterov, Bobur Yuldashev, Humoyun Abdualimov, Aziz Usmonov, Timur Nabiev, Tengiz Sikadze, Ilhom Kenjaev, Jasur Azimov, Orifxo‘ja Abduholiqov

Kalit so'zlar